
O‘rganish davomida universitetda tahsil olayotgan talab yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Mazkur universitetda qo‘shni mahallalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlari yuqori saviyada amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bepul ingliz tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur kurslarda o‘ttizdan ortiq yoshlar uchun zamonaviy metodik ishlanmalar yordamida darslar olib borilmoqda. Bu qamrov kelajakda yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Universitetning moddiy-texnik bazasi xususan sport zali, kutubxona va konferensiyalar zali yuqori saviyada jihozlangan bo‘lib yoshlarning eng zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlarda tahsil olishlari uchun barcha zaruriy imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, ushbu universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida Toshkent tumanining tegishi huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.
O‘rganish davomida fakultetning moddiy-texnik bazasi ham ko‘zdan kechirildi hamda ushbu yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish orqali talaba-yoshlar osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.










